Welcome to qrstat   Click to listen highlighted text! Welcome to qrstat Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

QORAQALPOG’ISTON  RЕSPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG’I

 

                                        

 

«Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» Qonun 14-dеkabr 1992-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi Yo’qorgi Sovetining XI sеssiyasida qabul qilingan.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i Qoraqalpog’iston Respublikasining suvеrеn davlat ekanligini bildiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i moviy rang, sariq va yashil ranglardan iborat bo’lib, markazida sariq rangni oq va qizil rangli yo’laklar ajratib turadi.
Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli hisoblanadi. Sariq rang esa, Qoraqalpog’iston aymog’ining ulkan qismi sahrolardan iborat ekanligini bildiradi. Yashil rang esa tabiatning yangilanishining, ma’naviy yasharish, ishonchining va quyoshning belgisi. Bayroqtagi endi tug’ilgan oy musulmonlarnning muhaddas timsoli bo’lsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpog’istonining qadimiy va navquron besh shahrining – qoraqalpog’istonlilarning turmush va ishonch qo’rg’onlarining timsoli hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i Qoraqalpog’iston Respublikasining rasmiy vakillarining chet el safarlariga, xalqaro anjumanlarda, ko’rgazmalarda va sport o’yinlarida Qoraqalpog’iston Respublikasini jahonga tanitadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i xalqaro maydonda boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng turadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuxoralari va bu erda yashaydigan boshqa insonlar Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’ini hurmat qilishi shart.

Tugmani bosing Tinglash