01/05/2024

    2024- yilning 1-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida  boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov va “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi xodimlari tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

 

Seminarda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 metr kvadratiga to'g'ri keladigan o'rtacha qurilish qiymati hisobot davrida tanlanma kuzatuv natijalari asosida aniqlanishi to’g’risida batafsil ma’lumotlarni aytib o’tdi va shakllangan ma’lumotlarni to‘g‘ri, sifatli va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati