03/05/2024

    Joriy yilning 2-may kuni Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F. Berdibaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻi T.Ganiev bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “GLOBAR TONAR” MCHJ, “LAN-C” MCHJ, “SHOMANAY EKO TEKS” MCHJ, “XOJЕLI UN MAXSULOTLARI” MCHJ, “XUJAYLI JBI YUUK” MCHJ VA “REGION-AGRO INVEST EXPORT” MCHJ korxonalariga borib, ushbu korxonaning faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

     Oʻrganishlar mobaynida, har oyda Statistika agentligiga taqdim etiladigan 12 sanoat narx kuzatuvi boʻyicha korxona rahbarlari va hisobchilariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Axborot xizmati