Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

Barcha kichik korxonalar va mikrofirmalar 2019-yilning 26-fevraliga qadar 1-Kichik Biznes (yillik) hisobotini elektron tarizda topshirishi kerak ekanligini ma’lum qiladi !

2018 yil 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil II-yarim yillikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uchun sayyor qabul kunlarini o‘tkazish rejasiga asosan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani xokimligida Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabul kuni o‘tkazildi.
                                       
Sayyor qabulda, Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Ikramov, Chimboy tumani xokimi P.Eshjanov, Chimboy tumani hakimining birinchi orinbasori K.Abdullaev,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, shuningdek korxona va tashkilotlarning, kishik biznes subektlarning vakillari ishtirok etdi.

                                       
Sayyor qabulda  O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi  Qonuniga  o‘zgartirish va  qo‘shimchalar  kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga  asosan  jismoniy  va  yuridik shaxslar murojaatlari takliflari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Ikramov  tomonidan sayyor qabul  qatnashuvchilarining qiziqtirgan   savollariga to‘la va atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash