Welcome to qrstat   Click to listen highlighted text! Welcome to qrstat Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Hurmatli Davlat statistika qo`mitasi axborot resurslaridan foydalanuvchilar! Aziz  obunachilar!!!

Xabaringiz bor, 2017 yilning sentyabr oyidan boshlab Davlat statistika qo`mitasi “telegram” ijtimoiy tarmog`ida tuzilgan guruhi (https://t.me/uzstatistika) orqali tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir dolzarb tahliliy-statistik ma`lumotlar va yangiliklarni e`lon qilib bormoqda.

O`z navbatida, noma`lum shaxslar tomonidan  Davlat statistika qo`mitasi logotipidan foydalanib, rasmiy manba sifatida Davlat statistika qo`mitasini ko`rsatgan holda qonunga zid ravishda, alohida guruh (https://t.me/statistikauzb) tuzilgani va Davlat statistika qo`mitasining rasmiy ma`lumotlari va boshqa manbalar ma`lumotlarini tegishli munosabat va o`zgartirishlar kiritilgan holda e`lon qilib borilayotgani aniqlandi.

Bu esa, rasmiy statistik ma`lumotlarni noto`g`ri talqin qilinishiga, mualliflik huquqini buzilishiga va foydalanuvchilarni haqiqiy axborot resursidan chalg`itishga olib kelmoqda.

OGOX BO`LING!!!

Hurmat bilan,

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash