Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

2018 yil 26-dan 30-noyabrgacha Chibo (Yaponiya) shahrida barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko'rsatkichlari bo'yicha mintaqaviy kurs bo'lib o'tdi. Kurs Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani statistik instituti (SIAP) hamda Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etildi.

Ushbu kurs Osiyo va Tinch okeani  statistika institutida (OTOSI) o'tkazildi hamda ushbu kursda  Afg'oniston, Butan, Hindiston, Eron Islom Respublikasi, Yaponiya, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Malayziya, Maldiv orollari, Mongoliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Koreya Respublikasi, Samoa,  Tailand, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasining  statistika idoralari mutaxassislari ishtirok etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig`i X. Murodxo'jaev va qishloq xo'jaligi va ekologiya bo'limi xodimi M.Mirkomilov  ishtirok etdilar.

O`quv kursida Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotining (FAO) BRMlarini monitoringi va amalga oshirilisida mintaqaviy va milliy darajalarda roli, shuningdek Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti boshchiligida yig`iladigan BRMning ayrim ko`rsatkichlari bo`yicha metodologiyalari ko`rib chiqildi va muhokama qilindi.

 

Tugmani bosing Tinglash