Welcome to qrstat   Click to listen highlighted text! Welcome to qrstat Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat oʻtkazdi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 19-oktyabrga belgilangan. 

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi. 

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, yigirmaga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon doiralari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi koʻzda tutilgan.  

 

OʻzA

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida koʻplab muhim anjumanlar, forum va tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Jumladan, Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim tizimidagi oʻzaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarishda alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 

Yurtmizda ilk marta oʻtkazilayotgan mazkur yirik forum oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvahitov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari O.Abdurahmonov, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi raisi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.Turobjonov mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan taʼlim sohasidagi islohotlar zamirida Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish, yoshlarni har jihatdan barkamol shaxs etib voyaga yetkazish, sohalar uchun yuqori bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdek maqsadlar mujassam ekanini taʼkidladi. 

Mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar taʼlimning barcha boʻgʻini, ayniqsa, oliy taʼlim tizimida yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bu jihatlar oʻqitish sifatini tubdan takomillashtirish, bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oliy taʼlim maskanlariga yoshlarning qamrovini tobora oshirish kabilarda oʻzining yorqin ifodasini topmoqda. 

Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim tizimidagi oʻzaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, maʼrifiy, ilmiy jamoatchilikning oʻzaro fikr va tajriba almashishi, oliy oʻquv dargohlariaro aloqalarni keng yoʻlga qoʻyish, taʼlimga oid yangi dasturlar, loyihalarni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mazkur yirik forumda yurtimiz oliy taʼlim dargohlari bilan birga Rossiyaning eng nufuzli oliy taʼlim maskanlari rektorlari, ilmiy jamoatchiligi ishtirok etishi, hamkorlikda koʻplab shartnoma va kelishuvlar imzolanishi koʻzda tutilgan. 

UZA

Suhbat avvalida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimizning koʻp asrlik doʻstligini, oʻzaro hurmat, qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018-yil 10-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi. 

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 2-sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni amalda boʻlgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos boʻldi. 

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investitsiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishi hamda boʻsh pul mablagʻlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi. 

Oʻz navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, banklar va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 

Yigʻilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi boʻyicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi. 

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. 

OʻzA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

Yelisey saroyida oʻtgan davlat rahbarlarining muzokaralari har tomonlama samarali boʻldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
 
Hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Parijdan Toshkentga joʻnab ketdi.
 
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.
 
OʻzA
Tugmani bosing Tinglash