Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Nukus shahri «Qumbız awıl» mahalla fuqarolar yig'ini hududida mamlakatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan navbatdagi 48 ta yosh oilalarga xonadon kalitlari topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisinig o'rinbosari A.Hamraev Nukus shahar hokimi P.To'reshov, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o'rinbosari S.Maxsudov, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi raisi A.Daniyarov hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Mamalakatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori va Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi farmoniga asos Qoraqalpog'iston Respublikasi faol yosh oilalari ketma-ket uy-joylar bilan ta'minlanib kelmoqda.

Ushbu ko'p qavatli uy-joylar «Qongirat Stroy Stil» mas’uliyati cheklangan jamiyati mohir qurilishchilari tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli qurib bitkazildi. Uy-joylar zamanoviy maishiy uskunalar bilan ta'minlangan.

Tadbirda nutq so'zlaganlar tomonidan yangi xonadon egalari qizg'in qutlanib, ularga imtiyozli kredit asosidagi xonadon kalitlari tantanali ravishda tuhfa etildi.

– San’at sohasidagi ijodiy mehnatlarimni e’tiborga olib, ushbu zamonoviy xonadonga ega bo'lish baxti nasib etganidan g'ayatda xursandma, – dedi Nukus pedagogika kolledji o'qituvchisi, O'zbekiston miqyosidagi bir nechta tanlovlar g'olibi Erisbay baxshi Asqarov. – Bu uchun avvalo, biz yoshlarning g'amxo'rchisi Muhtaram Prezidentimizga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatiga, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi va uning Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashiga minnotdarchilik bildiraman. Shuningdek, bugungi baxtli yosh oilalar – barcha iqtidorli tengdoshlarimni yangi xonadonga ega bo'lishi bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Kelajakda bizga berilgan yuqari ishonchni oqlashda, ya’ni mamlakatimiz ijtimoiy ohasida yanada faol ishtirok etishda bor kuch va g'ayratimizni sarflaymiz.

Tantanali tadbir Qoraqalpog'iston Respublikasi taniqli san’atkorlari kontsert dasturi bilan davom etdi.

Tugmani bosing Tinglash