Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Joriy yil 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida jinoyatchilik va huquqbuzorliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi va aniq vazifalar belgilab berildi.

Joylarda jinoyatchilik va huquqbuzorliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan omillardan biri – bu shunday holatlarni barvaqt aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etishga muvaffaq bo‘layotgan rahbarlarni rag‘batlantirish bo‘lib topilmoqda.

O‘tgan yil natijalari bo‘yicha jinoyatchilik va huquqbuzorliklar sonini keskin kamaytirishga erishgan Kegeyli va Qonliko‘l tumanlari sektor rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan moddiy rag‘batlantirishga loyiq deb topilmoqda.

Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlari orasida jinoyatchilik va huquqbuzorliklarning oldini olish, ular sonini kamaytarish borasida erishilgan ijobiy natijalar uchun tegishli rahbarlar muntazam rag‘batlantirib borilishi rejalashtirilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash