Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

Barcha kichik korxonalar va mikrofirmalar 2019-yilning 26-fevraliga qadar 1-Kichik Biznes (yillik) hisobotini elektron tarizda topshirishi kerak ekanligini ma’lum qiladi !

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonlarining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining ijrosi  ustidan nazarotni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Kengashi Tashkiliy-nazorat guruhi tashabbusi bilan mobil telefon orqali yuritiladigan «SMS-NAZORAT» (3700 qisqa raqamli) dasturi ishga tushirildi.

Mazkur dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustamkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3962-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Barchamizga ma'lumki, jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat boshqaruv hokimiyatining barcha bo'g'inlarida ijro intizomning zarur darajada tashkil etilishiga bog'liq,– dedi Vazirlar Kengashi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari R.Risnazarov.

Dasturning abzalligi shundaki, endilikta Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari va Boshqarma, kotibiyat, guruh hamda bo'lim rahbarlari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan o'zlariga yuklatilgan topshiriqlar xususidagi ma'lumotlarni qo'shimcha tarzda o'z qo'l telefonlari orqali ham olishadi. Ya’ni Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan berilgan topshiriq har bir ijrochi xodimning mobil telefoniga xat bajarilmaguncha Vazirlar Kengashining tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan kuniga uch mahal jo'natiladi.

Ahamiyatli tarafi, agar ijrochilar topshiriqlarni o'z muddatidan kechiktirgan taqdirda bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining mobil telefoniga avtomat tarzda ma'lumot kelib tushadi. 

–Statistik malumotlarga ko'ra har bir inson o'z mobil telefoniga kuniga 40 marta nazar tashlar ekan,– deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasi rahbari, dastur asoschisi Turg'anbaev Orazniyaz. –Bu esa sms xabarnomani ijrochi olib o'qishi uchun 90% ga imkon beradi. Chunki, ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtalarda (E-mail) ma'lumotlarni olish uchun  bizga internet zarur bo'ladi. Mazkur «SMS-NAZORAT» (3700 qisqa raqamli) dasturida ishlashda esa internet va mobil telefonda ma'lum mablag' bo'lishi shart emas. 

Xulosa qilganda, ushbu dastur – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining xodimlari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan o'zlariga topshirilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, hattoki muddatidan avval ijro etishiga xizmat qiladi.

 

Tugmani bosing Tinglash