Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

2018 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 364 538 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Shundan 11 091 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 4722 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta davlat ruyxatidan o‘tkazilgan va 15 897 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 1852 ta tadbirkorlik sub’eklari  sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining bizga bergan ma’lumotiga qaraganda, bu ko‘rsatkich 2017 yilda jami 7892 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 46 boravarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi  ko‘paygan. Shundan Nukus shahri davlat xizmatlari markazlarida 2431 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat rӯyxatidan ӯtkazildi.

Aholining olis joylarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Qo‘ng‘irot tumani Jasliq PFY shaxobchasi o‘tgan yilda 517 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Qo‘ng‘irot tumani Qaraqalpog‘iston PFY shaxobchasi esa 625 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Kegeyli tumani Qazanketken MFY shoxabchasida  190 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 

 

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash