Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining «Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi, deya yozmoqda "gazeta.uz".

Qarorda ta’kidlanishicha, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan «Orolqum» sahrosi paydo bo‘ldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun 2019 yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Tugmani bosing Tinglash