So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 138,8 mln. AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 12,2 % ga kópaydi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida shifoxona muassasalarining xizmatlari salmoqli qismni egallaydi. Ularning ulushi 38,4 foizni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalari tomonidan 5159,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 107,6 % ni tashkil etdi.