2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20- avgust kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda Demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasida demografik holat, doimiy aholi soni, aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, hududlar kesimida tug‘ilganlar soni va tug‘ilish koeffitsiyenti kabi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

 Matbuot xizmati