Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga respublikamizda jami 43 295 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 042 taga ko‘p.

2021- yil yanvar-may oyida 3 025 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

Toshkent shahri – 8 473 ta

Toshkent viloyati – 3 761 ta

Farg‘ona viloyati – 3 428 ta

Qashqadaryo viloyati – 3 413 ta

Andijon viloyati – 3 260 ta

Samarqand viloyati – 3 244 ta

Buxoro viloyati – 2 853 ta

Surxondaryo viloyati – 2 708 ta

Namangan viloyati – 2 436 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 2 412 ta

Jizzax viloyati – 2 102 ta

Xorazm viloyati – 2 021 ta

Navoiy viloyati – 1 609 ta

Sirdaryo viloyati – 1 575 ta

Matbuot xizmati