27/05/2021

Bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar bilan chuqurroq tanishtirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, muammolarini o'rganish va hayotda munosib o'rin egallashiga ko'maklashish maqsadida respublikamiz bo‘ylab yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 26- may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda  O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi rаisi o'rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich, Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi stаtistikа boshqаrmаsi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg'anbaxiyevich, Kegeyli tumani hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yeshanov Nasir Muratbayevich va tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Barcha sohalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot yakunida yoshlarning muammolari, tashabbus va takliflari tinglandi. Bildirilgan muammo va tavsiyalar manzilli o‘rganildi va ijobiy yechim topish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech