14/06/2021

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining 2020–2021- yillarda O'zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o'tkazish to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar yig'ishdir.

Ushbu tadbirni sifatli o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan joriy yilning 14- iyun Kegeyli tumani "Jańa Bazar" OFY da tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Kuzatuvlar belgilangan tartibda shaxsan respondetlar bilan suhbatlashish orqali elektron ko‘rinishda planshetlarda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi.

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig‘ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma‘lumotlarini yig‘ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

To‘plangan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo‘lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo‘ladi va xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech