04/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga ya'ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.

 O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng  ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

 Qozog‘iston – 11,8 ming tonna

Rossiya – 6,3 ming tonna

Qirg‘iz R. – 2,9 ming tonna

Belarus R. – 527 tonna

Latviya – 524 tonna

Ukraina – 484,2 tonna

Germaniya – 131,2 tonna

Moldova – 59,5 tonna

 

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech