18/08/2021

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- avgust kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rganildi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

  Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech