24/08/2021

Joriy yilning 11 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Rasmiy statistika to'g'risida"gi qonun rasmiy statistik raqamlarni tayyorlash uslublari hamda barcha uchun ochiq statistik ma'lumotlar to'g'risidagi qoidalarni belgilab beradi. Yangi Qonun 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat. Hujjatda rasmiy statistika O'zbekistondagi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hodisalar va jarayonlarni hamda boshqa hodisalar va jarayonlarni tavsiflovchi, tarqatiladigan statistika ma'lumotlaridan iboratligi aniq belgilab qo'yilmoqda. Mazkur qonunning 24 moddasi Ro'yxatga olishlar  to'g'risida bo'lib. Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Aholini ro‘yxatga olish amaliyoti ko‘plab savollarga javob, muammolarga yechim topish imkonini yaratadi. Ko‘pchilik insonlar aholini ro‘yxatga olish amaliyotini statistik ma'lumotlar to‘plash tadbirlarining bir ko‘rinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining ma'lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Yangi qonun xalqaro statistik hamjamiyat tomonidan tavsiya etilgan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillariga mamlakatda to'liq rioya qilish uchun zarur va ishonchli huquqiy asosni yaratib beradi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech