14/09/2021

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida 40 340, 0 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3382, 4 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,2 foizni tashkil etgan.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish 2021- yilning:

 

yanvar oyida 6 427,7 kVt soat (o‘sish sur'ati 106,0 foiz);

yanvar - fevral oylarida 11 951,4 kVt soat (104,3 foiz);

yanvar - mart oylarida 17 987,4 kVt soat (106,1 foiz);

yanvar - aprel oylarida 23 528,4 kVt soat (108,5 foiz);

yanvar - may oylarida 28 809,1 kVt soat (109,0 foiz);

yanvar - iyun oylarida 34 318,6 kVt soat (109,1 foiz)ni tashkil etdi.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Sirdaryo viloyati 22,9 %, Toshkent viloyati 22,8 %, Qashqadaryo viloyati 19,3 % hamda Navoiy viloyati 15,7 % ulushga ega.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech