11/11/2021

Joriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1816,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 32,8 % ini tashkil etdi.

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2151,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va viloyatdagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning  38,8 % ini tashkil etdi. Qolgan 28,4 %, ya’ni 1576,6 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech