24/11/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasini amalaga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 84-bandini bajarish hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining  “Statistika asoslari”  bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 24–noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan “Statistika asoslari” o'quv kursi boshlandi.

Uni kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  G'ayibnazarov  Baxodir  Karimovich va katta o‘qituvchi Umarov Faxritdin Umarovichlar olib bormoqdalar.

Shuningdek Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun ham davra suhbati o‘tkazildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech