13/05/2022

   2022- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAHMdagi ulushi 43,9 % ni tashkil etdi.

   Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 10,4 birlikni tashkil qildi.

   Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 20 ming 399 taga yetdi.

   2022- yilning yanvar-mart oylarida 1028 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi.

   Sanoat ishlab chiqarish hajm 4 trln. 299,6 milliard so‘mni tashkil etdi.

   Bozor xizmatlarining ko‘rsatish hajmi 18,3 % ga oshdi.

   Eksport hajmi 85,7 million dollarni, import 54,7 million dollarni tashkil qildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech