04/08/2022

    2022- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Nukus (43,3 %) va Taxiatosh tumanlarida (38,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Bo‘zatov (93,3 %) tumanida, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Nukus shahrida (21,4 %) qayd etildi.

    Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Bo‘zatov tumanida (5,3 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Nukus tumanida (53,5 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Taxtako‘pir tumanida (0,1 %) qayd etildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech