29/07/2022

    2022- yilning 29- iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

    Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-sonli Farmonining mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik bazasi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushintirishlar berildi.

   Shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlari, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarining muqarrarligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech