So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Dekabr oyida tuxum narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan. Tuxum narxlari dekabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 1,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

2020- yilda mamlakatimizda qishloq joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan qizlar soni 247,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 143,2 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.Qishloq joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan qizlar soni yillar kesimida quyidagicha:

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 397,3 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni 40 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 56,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 81,6 ming tonna pomidor eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy turlar:

2021- yilning 1- dekabr holatiga respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,9 % ni tashkil etib, bu 66 582,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-noyabr oylarida ularning hajmi  52 586,8 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 26,5 % iga to‘g‘ri kelgan.

“Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Evropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatimizda 4,6 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.Ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 928,7 ming tonnaga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida bodring narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 28 % ga qimmatlashgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1244 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 87 371,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,1 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 74,2 ming tonnaga oshgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan qiymati 502,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan.Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 16822 ta egizak chaqaloq tug‘ilganligi holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 376 taga ko‘p.