So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev va Nukus shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida qayd etilgan nikohlarda nikohlanuvchi xotin-qizlarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etgan.

Dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, 2024-yilning yanvar-mart holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,2 %, transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 13 % tashkil etdi.