So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 55,8 ming tonna sut yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 17,7 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 12,0 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 726,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.