Joriy yilning 24- iyun kuni Beruniy tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda, E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4- mehnat (choraklik) Davlat statistika hisobotini to‘ldirish, hisobot ko‘rsatkichlari uni belgilangan   muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish toʻgʻrisida  tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, statistik  hisobotlarni  E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda topshirish orqali, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.

Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

Axborot xizmati