Joriy yilning 12- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o’tkazilgan seminarlar natijalari bo‘yicha reja-jadvalga asosan Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmini xizmat turlari kesimida solishtirma narxlardagi o‘sish sur’atlarini hisoblash usullari bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar boshqarmaning Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilib, xizmatlar sohasi statistikasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i, xodimlari hamda shahar va tuman statistika bo‘limi  boshliqlari ishtirok etishdi.

 

Matbuot xizmati