So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish - umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir, aholi to‘gʻrisidagi ishonchli axborot manbai. Buning natijasida aholi soni, yashash sharoiti, maʼlumoti, taʼlim darajasi, bandligi, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, hududlarda joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar to‘gʻrisida toʻliq maʼlumotlar yigʻiladi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Xoʻjayli tumanida 36,3 mlrd.soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yil yanvar-mart oylariga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Taxiatosh  tumanida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 88,2 mlrd.soʻmni tashkil etdi , oʻsish sur’ati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil qildi.