So'nggi yangiliklar

  1. Davlat statistika qoʻmitasi bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Javob: Davlat statistika qoʻmitasi bilan bogʻlanish boʻyicha batafsil maʼlumotni qoʻmitaning rasmiy veb-saytning Kontaktlar boʻlimidan olishingiz mumkin https://stat.uz/uz/2-uncategorised/3706-kontaktlar.

 

  1. Davlat statistika qoʻmitasi qanday xizmatlar taqdim etadi?

Javob: Davlat statistika qoʻmitasi taqdim etadigan xizmatlar roʻyxati bilan https://stat.uz/uz/interaktiv-xizmatlar/xizmatlar-ro-yxati havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

  1. Korxona va tashkilotlar tomonidan qaysi statistik hisobotlar topshirilishi kerak ekanligi va muddatlari haqida qanday bilish mumkin?

Javob: http://web.stat.uz/search/hisobot/uz/users.php ushbu havola orqali korxona STIR (INN) raqamini kiritgan holda, topshirilishi lozim boʻlgan hisobotlar va ularning muddatlari haqida aniq maʼlumot olishingiz mumkin.

 

  1. Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladigan statistik nashrlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: http://web.stat.uz/search/book_reg/uz/main.php havolasi orqali Davlat statistika qoʻmitasining statistik nashrlari bilan tanishishingiz, ularga buyurtma berish yoki elektron shaklda sotib olish imkoniyati yaratilgan.

 

  1. Statistik maʼlumotlarni press-relizlar koʻrinishida olish mumkinmi?

Javob: Oylik, choraklik va yillik press-relizlarni Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytida makzur havola orqali olishingiz mumkin: https://stat.uz/uz/default/press-relizlar/17505-2022

 

  1. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Davlat statistika qoʻmitasining https://stat.uz/uz/ rasmiy veb saytining ochiq maʼlumotlar boʻlimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlar joylashtirilgan.

 

  1. Bandlik darajasi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Bandlik darajasi va ish haqi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni mazkur havola orqali olishingiz mumkin: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2

 

  1. Korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni http://registr.stat.uz/enter_form/index.php elektron xizmatdan foydalangan holda olish imkoni mavjud.

 

  1. Tovar va xizmatlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy saytining Ochiq maʼlumotlar boʻlimidagi Narxlar va indekslar (https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/prices-and-indexes-2) qismida narxlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

 

  1. Davlat statistika qoʻmitasiga ishga kirmoqchi edim. Boʻsh ish oʻrinlari va shartlari toʻgʻrisida qayerdan maʼlumot olsam boʻladi?

Javob: Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) hamda Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytinig Boʻsh ish oʻrinlari (https://stat.uz/uz/haqida/bo-sh-ish-o-rinlari) boʻlimi orqali olishingiz mumkin.

 

  1. Korxona va tashkilotning asosiy faoliyat turi (OKED kodi)ni oʻzgartirish qanday amalga oshiriladi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 539-son qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning oʻrtacha yillik soni oʻzgarganda - yillik statistika hisoboti asosida hamda yuridik shaxslar va (yoki) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning murojaatlari asosida quyidagi hollarda:

- yuridik shaxs yangi tashkil etilgan vaqtda asosiy faoliyat turi (IFUT) kodini biriktirishda yoki xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni toʻldirishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan deb hisoblanganda;

- yuridik shaxs faoliyat koʻrsatmayotganda, qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda, belgilangan tartibda faoliyati tiklanganda;

- yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtib, taʼsis hujjatlarida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi deb belgilanganda;

- yuridik shaxs maʼlum faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olganda yoki litsenziyasi bekor qilinganda.

 

 

  1. Korxonaning kichik tadbirkorlik subyektiga mansub ekanligi yoki kirmasligi qanday belgilanadi?

Javob: Davlat statistika organlari tashkilotlarning kichik tadbirkorlik subektlariga tegishliligini aniqlashda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichidan (Tasniflagich) foydalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentyabr 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan korxona va tashkilotlarning maqomini, shu jumladan ularning kichik tadbirkorlik subektiga mansubligini toʻgʻrisida maʼlumotni tasdiqlash Davlat statistika qoʻmitasining vazifa va funksiyalariga vakolatiga kirmaydi.

Shu bilan birga, KTYADRda tashkilotingiz uchun belgilangan statistik tasniflash koʻrsatkichlari, shu jumladan kichik biznesga tegishliligi haqidagi maʼlumotlar ochiq va hammabopdir. Ular bilan onlayn rejimida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga registr.stat.uz murojaat qilib, onlayn tarzda tanishish mumkin.

 

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qanday hisoblanadi?

Javob: Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hisoblanadi va Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi yangiliklar boʻlimida eʼlon qilib boriladi.

Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina kuzatuvga qamrab olingan dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan.

 

  1. Oʻrtacha oylik nominal ish haqi qanday hisoblanadi?

Javob: Oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi koʻrsatkichi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hisobotlar maʼlumotlari asosida, soliqlar va boshqa ushlanmalarni olib tashlanmagan holda, xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarning umumiy miqdorini ish haqi hisoblash uchun qabul qilinadigan xodimlar soniga va ishlagan oylar soniga boʻlish orqali hisoblanadi.

 

  1. Davlat statistika hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilmasa qanday chora koʻriladi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215 va 267-moddalarida Davlat statistika organlariga davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan (statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish) mansabdor shaxslarga nisbatan jarima shaklidagi (bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda) maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.

T/r

Tasniflagich, ma`lumotnomaning nomi

Xalqaro, davlatlararo analoglari

Tasdiqlash to`g`risidagi hujjat

Joriy etish sanasi

Statistika sohasida qo`llanilayotgan statistik tasniflagichlardan foydalanish bo`yicha qo`llanma

Statistika organlari tomonidan ishlab chiqilgan tasniflagichlar,
ma`lumotnomalar va nomenklaturalar

1.                   

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi,
2-tahrir  (IFUT-2)
O’zDT 005-2011

Evropa iqtisodiy hamjamiyati faoliyat turlari statistik  klassifikatsiyasi (KDES red.2) NACE Rev.2 “Statistical classification of economic activities in the European Community”

“O`zstandart” agentligining 28.01.2011 y.
05-268-son qarori

01.02.2011

2.                   

O`zbekiston Respublikasi tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichi (THShT) O’zDSt 2847:2014

 

“O`zstandart” agentligining 03.09.2014 y.
05-568-son qarori

01.10.2014

3.                   

O`zbekiston Respublikasi ma`muriy-hududiy tuzilmalarini (ob`ektlarini) belgilash tizimi idoraviy tasniflagichi (MHOBT)

 

Davlat statistika qo`mitasining  
 28.02.2014y.
21-son buyrug`i

1.03.2014

4.                   

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi (DBIBT) idoraviy ma`lumotnomasi

 

Davlat statistika qo`mitasining 14.02.2014y.
11-son buyrug`i

1.03.2014

5.                   

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik  tasniflagichi (MST) O’zDSt 2914:2014

Evropa iqtisodiy hamjamiyati faoliyat turlari bo`yicha maxsulotlarning statistik  klassifikatsiyasi KPES 2008 va MDH statistika qo`mitasi tomonidan tavsiya qilingan namunaviy mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) statistik klassifikatori – SKP-2.

“O`zstandart” agentligining
19.01.2015 y.
05-612-son qarori

23.01.2015

6.                   

O`zbekiston Respublikasi Asosiy fondlar tasniflagichi
(O`R AFT)

MDHning namunaviy asosiy fondlar statistik tasniflagichi (uni ishlab chiqishda
MHT-2008 dan tashqari Yevrostatning klassifikatsiyala-ridan foydalanilgan: “Inshootlar turlari klassifikatsiyasi” (SS/KS 1998), “Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning statistik  klassifikatsiyasi” (SRA/KPES 2008)) va unga asoslangan “O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi”
(O’zDSt  2914 : 2014), Asosiy fondlarning umumrossiya klassifikatori (OK 013-2014 (SNS 2008)) va Qozog`iston Respublikasi Asosiy fondlar tasniflagichi (GK 026 – 2017).

Davlat statistika qo`mitasining
29.11.2018y.
110-son buyrug`i

1.01.2019

7.                   

O`zbekiston Respublikasi Maqsadlar bo`yicha individual iste`mol tasniflagichi
(O`R MIIT) 2018

BMTning xalqaro standarti-Maqsadlar bo`yicha individual iste`mol tasniflagichi 2018

Davlat statistika qo`mitasining 24.12.2019y.
131-son buyrug`i

1.01.2020 (bosqichma-bosqich)

8.                   

Keng qamrovli iqtisodiy toifalar bo`yicha tovarlarning statistik nomenklaturasi

BMT Statistika bo`limi tomonidan tayyorlangan xalqaro Keng qamrovli iqtisodiy toifalar bo`yicha tasniflagich

Davlat statistika qo`mitasining 31.03.2020y.
7-son qarori

31.03.2020

9.                   

O`zbekiston Respublikasi davlat statistika kuzatuvlari shakllari tasniflagichi (DSKShT)

 

Davlat statistika qo`mitasining 23.04.2020y.
28-son buyrug`i

1.01.2021

10.               

Ulgurji va chakana savdo tovarlari nomenklaturasi

 

 

 

11.               

Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari nomenklaturasi

 

 

 

boshqa organlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflagichlar,
ma`lumotnomalar va nomenklaturalar

12.               

Xalqaro kasalliklarning tasnifi, o`ninchi qayta ko`rish (XKT-10)

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti
Xalqaro kasalliklarning tasnifi, o`ninchi qayta ko`rish (XKT-10) ICD-10 (International Classification of Diseases, 10th Rev.)

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 22.01.2003y.
31-son buyrug`i

22.01.2003

13.               

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining ta`lim yo`nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi

Ta`limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) (ISCED) 1997 printsiplari asosida

“O`zstandart” agentligining 06.07.2011y.
05-313-son qarori

01.08.2011

14.               

Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori

Ta`limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) (ISCED) 1997 printsiplari asosida

“O`zstandart” agentligining 10.09.2011y.
2877-son qarori

01.10.2012

15.               

Dunyo mamlakatlari tasniflagichi

 

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasining 2016 yil
29 fevraldagi 01-02/15-07-son qarori

21.04.2016

16.               

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari
va ishchilar kasblari klassifikatori

Xalqaro mehnat tashkilotining Kasblarning xalqaro standart klassifikatori (Kasblarning xalqaro standart klassifikatori-88 yoki ISCO

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
4 oktyabrdagi 795-son qarori

01.11.2017

17.               

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) 2017 yilgi versiyasi

Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg`unlashtirilgan tizimi 2017

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2017y.
PQ-3448-son qarori

01.01.2018