Joriy yilning 6 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov so‘zga chiqib, avvalambor O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvar kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-son Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirib, xodimlarning kunlik ish jarayonida har qanday korrupsiyaviy holatlar yuzasidan o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini, shu o‘rinda jamiyatda korrupsiyani oldini olish maqsadida o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika rahbariyati nomiga bildirishnoma bilan xabar berishi lozimligi tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini va madaniyatini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha e’lon qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirib borish lozimligini takidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘xtalib, shu jumladan, barcha xodimlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakillantirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi, tadbirkorlik subektlarini qabul qilish uchun boshqarmada kamera bilan jihozlangan alohida xonaning mavjudligi, boshqarma va tuman-shahar statistika bo‘limlarida ishonch raqamlari ko’rsatilgan bannerlar bilan to‘liq jihozlanganligini hamda har bir xodim o‘z ishiga halol yondashishi lozimligi aytib o‘tildi.
Axborot xizmati