2023-yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 2 244,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 139,9 % darajasida qayd etildi.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 1 557,8 mlrd. soʻm darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida sugʻurta xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:
Oʻzbekiston Respublikasi — 2 244,5
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 47,5
Andijon – 46,3
Buxoro – 69,3
Jizzax – 29,6
Qashqadaryo – 57,6
Navoiy – 44,9
Namangan – 60,7
Samarqand – 59,8
Surxondaryo – 38,0
Sirdaryo – 26,9
Toshkent –52,9
Fargʻona – 83,8
Xorazm –69,4
Toshkent shahri – 1 557,8
Axborot xizmati