27/06/2023

    Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Jamiyatimizning yuzi bo'lishdagi mashaqqatli ishlaringizda katta yutuqlar tilaymiz. Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi mehnat jamoasi. Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Sizlarni shaxsan oʻzim hamda statistika boshqarmasi barcha xodimlari nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin. Hayot haqiqatlarini, atrofimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni va albatta, amalga oshirilayotgan ishlarimizdagi yutuq hamda kamchiliklarimizni roʻyi-rost koʻrsatib berayotganingiz uchun sizlardan minnatdormiz.

    Hurmatli jurnalistlar, Sizlarni yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz.

 

Axborot xizmati