2023- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida import hajmi 116,6 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 92,0 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (28,0 %), Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (19,0 %), sanoat tovarlari (9,8 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (9,0 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati