29/08/2023

    Joriy yilning 29-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i B. Tajibekov va Chimboy tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi O. Saparbaev bilan birgalikda Chimboy tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi. Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Axborot xizmati