Joriy yilning 19-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Aholining zaif qatlamlarini integratsiya qilish uchun O‘zbekistonning innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (inson)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli Qoraqalpoq shoiri va Mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy O‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati