Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining yosh, jins, turmush tarzi, milliy tarkib, ta’lim darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirdir. Ushbu jarayon har bir davlatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatni baholash, ta’lim, salomatlik, ishsizlik, iqtisodiy taraqqiyot va boshqa sohalarda samarali siyosatni ishlab chiqishga yordam beradi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalari davlat va mahalliy boshqaruv organlariga aholi strukturasini, yoshlar, ayollar, aholining turli qatlamlari va boshqa ijtimoiy guruhlarning holatini aniqlash imkonini beradi. Bu ma’lumotlar ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Aholi ro‘yxatga olishdan olingan ma’lumotlarga asosan, davlat aholsining soni, yashash sharoitlari va ehtiyojlarini hisobga olib, ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, tibbiyot, yaqin kelajakdagi iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini rejalashtirish imkonini oladi.
Aholi ro‘yxatga olish – bu davlatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydigan jarayon. U mamlakatdagi ijtimoiy taraqqiyotning kelajagi uchun muhim ma’lumotlarni ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash va rivojlanishga yo‘nalish berish uchun muhim hisoblanadi.