17/08/2026

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik mahsulotlari hajmi 7 933,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 100,3 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida chorvachilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi quyidagi tumanlarda qayd etildi:

Beruniy tumani — 1 108,6 mlrd so‘m;

Amudaryo tumani — 1 068,8 mlrd so‘m;

Ellikqal’a tumani — 1 054,8 mlrd so‘m;

To‘rtko‘l tumani — 895,1 mlrd so‘m;

Chimboy tumani — 672,5 mlrd so‘m.