2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 59,0 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (28,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (30,3 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 6,8 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,9 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 33,3 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati