20/09/2022

    2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 2 137,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 18,2 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,2 foiz punktga oshganligi kuzatildi.

Axborot xizmati