Joriy yilning 15-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha seminari oʻtkaziladi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-213-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘RQ-457-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yil uchun statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risi”da VMQ-61-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Shuning bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Seminar songgida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.