Joriy yilning 30- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan Nukus shahri va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan hamkorlikda mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartib-qoidalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ullariga eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-mehnat shakli (choraklik) Davlat statistik hisobotini muddatidan kechiktirmasdan, xato va kamchiliklarsiz taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may kungi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlari, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarining muqarrarligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati