Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5,6 ming tonna qoplar va paketlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 3,7 martani tashkil etdi.
Shuningdek, Respublikada 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan qoplar va paketlar ishlab chiqarishda eng yuqori ulush (65 %) 3,7 ming tonna Sirdaryo viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati