Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 11-oktyabrdagi 10-mb-son qaroriga 47-ilova 1-nh shakli (yilda bir marta) davlat statistika hisobotini 2022 yilning 16 dekabrdan kechiktirmay topshirishingizni so‘raladi. Eslatma: Mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib boorish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Axborot xizmati