Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami 46 743 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 121 taga ko‘paygan. Bundan tashqari shu yilning yanvar-noyabr oylarida 4 397 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha joylashdi:
- Toshkent shahri – 9 584 ta
- Toshkent viloyati – 4 108 ta
- Farg‘ona viloyati – 3 912 ta
- Samarqand viloyati – 3 527 ta
- Qashqadaryo viloyati – 3 448 ta
- Andijon viloyati – 3 373 ta
- Surxondaryo viloyati – 3 021 ta
- Buxoro viloyati – 2 994 ta
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 520 ta
- Namangan viloyati – 2 454 ta
- Jizzax viloyati – 2 153 ta
- Xorazm viloyati – 2 127 ta
- Navoiy viloyati – 1 772 ta
- Sirdaryo viloyati – 1 634 ta
Axborot xizmati