So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Shumanay tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 182,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,4 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Taxiatosh tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 82,8 mlrd. so‘mni yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 169,0 foizni tashkil qildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 877,2 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 52,7 % ni tashkil qilib, 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 0,2 punktga kamaygan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 43,0 ming tonna go‘sht yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektrenergiya ishlab chiqarish 106,1 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 104,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha: 12,6 % chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 78,5 % ining otasi 25-39 yoshlarga hamda 8,9 % chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 6-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 650 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1 000 aholiga 12,6 birlikni tashkil etgan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 369 tonna uzum yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Moʻynoq tumanida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 146,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi aloqa sohasi (7896,3 ming so‘m) da, eng past ko‘rsatkich esa noshirlik faoliyati (2803,9 ming so‘m) da kuzatildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 19,0 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,0 promilleni tashkil etgan hamda 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,8 promillega kamayganligi kuzatildi (2023-yilning yanvar-iyun oylarida 19,8 promilleni tashkil etgan).

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 803,0 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 29,6 % ini tashkil etdi.

2024-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3 175 taga yetdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 19,6 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.