So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-yanvar holatiga Beruniy tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 205,9 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,8 foizga koʻpaygan.

 2024-yilning yanvar-mart oylarida Qo‘ng‘irot tumanida 481,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida import hajmi 48,8 mln.AQSH dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 88,4 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 30,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 319,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 435,4 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,2 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 5,6 % ga o‘sdi va 7 071,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Nukus shahrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 790,3  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 171,5 foizni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,3 % ni tashkil etdi yoki 239,0 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 5,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 132,0 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida 114,8 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,1 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Beruniy tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 148,3 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 107,4 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Amudaryo tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,5 mln. AQSh dollariga yetdi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (26230,6 ming so‘m),elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7544,5 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (6075,7 ming so‘m) da kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 2008,8ming kishini tashkil etib,yil boshiga nisbatan 6,1 ming kishiga yoki 0,3 % ga ko‘paydi.